17:16 Surxondaryoda ona chaqalog‘ini qopga o‘rab, mehribonlik uyi ostonasiga tashlab ketdi | |
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qopga solib, mehribonlik uyi ostonasida qoldirib ketdi. Post-patrul xizmati xodimi ushbu chaqaloqni topib oladi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturida xabar berildi. Chaqaloq joriy yilning 27 sentyabr kuni Termiz shahridagi 12-mehribonlik uyi darvozasi oldida qoldirilgan. Shu hudud faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimi ertalab soat 6:00 larda darvoza tagidagi qopdan chaqaloqni topib oladi va darhol tez tibbiy yordamga xabar beradi. Shundan so‘ng tez yordam xodimlari kelib, chaqaloqni viloyat perinatal markaziga olib ketgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani, unga vaqtida yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda. Post-patrul xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra, hozircha chaqaloqni kim tashlab ketgani ma’lum emas. Voqea joyiga yetib borgan tezkor tergov guruhi surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|