23:41 39 yil komada yotgan futbolchining joni uzildi | |
Fransiyada 1982-yildan buyon komada bo‘lgan futbolchi Jan-Per Adams olamdan o‘tdi. Bu haqda 6-sentyabr kuni Fransiya professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. 1982-yil mart oyida u operatsiya vaqtida tibbiy xatolik tufayli komaga tushib qolgan. O‘sha kuni anesteziolog bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyani nazorat qilgan va sportchiga yuborilishi kerak bo‘lgan dozani chalkashtirib yuborgan. Adamsni futbolchining ahvoli yomonlashganini sezmay qolgan stajyor kuzatib turgan, deb xabar beradi «Sport-Ekspress». Jan-Per Adams — fransuz futbolchisi. 1948-yil 10-martda Dakar shahrida dunyoga kelgan. U «Nim», «Nitssa» va «PSJ» jamoalarida to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi safida 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|