20:22 Futbolchining jasadi uyidan chiqdi | |
Argentinada «Godoy-Krus» klubining urugvaylik 30 yoshli hujumchisi Santyago Garsiya o‘z joniga qasd qildi. Murdasi kvartiradan topilgan. Sportchining ruhiy muammolari bo‘lgan va u psixiatrga qatnagan. «Marca»ning xabariga ko‘ra, klub matbuot xizmati futbolchining o‘limi o‘z joniga qasd qilish ekanligini tasdiqlab, futbolchining oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildirdi. Santyago Garsiya 2016-yildan beri jamoada to‘p surib kelgan. U 100 ta o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U Braziliya chempionatida ham ishtirok etgan hamda Urugvay yoshlar jamoasi safida o‘ynagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|