19:36 Asakadagi tug‘ruqxonadan sog‘lom homila jasadi chiqqani aytilmoqda | |
Andijon viloyati prokuraturasi Asakadagi tug‘ruqxonadan sog‘lom bolaning jasadi chiqqani haqidagi xabarlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotganini e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, tug‘ruqxonadan sog‘lom bolaning jasadi chiqqani haqidagi xabar Zo‘r TV telekanalining 30-avgustda efirga uzatilgan ko‘rsatuvda ma’lum qilingan. Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, 27-avgust kuni Asaka tuman TTB qarashli 2-tug‘ruq kompleksi shifokorlari tomonidan homilador bemor Z.J.ning qornida nobud bo‘lgan o‘g‘il jinsli homila jarrohlik yo‘li bilan olingan. Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|