12:09 Farg‘onada 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani aytilmoqda | |
Aniqlanishicha, joriy yilning 14 sentabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmagan fuqarolar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlarning umumiy holati qoniqarli. Shuningdek, 15 sentabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilarning ota-onalari farzandlarini salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilishgan. Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan. Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|