12:12 Kecha 159 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi | |
Kecha koronavirusga chalingan bemorlar yurtimizning barcha hududlarida qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon, 10 nafari Buxoro, 12 nafari Jizzax, 1 nafari Qashqadaryo, 1 nafari Navoiy, 6 nafari Namangan, 12 nafari Samarqand, 1 nafari Sirdaryo, 12 nafari Surxondaryo, 3 nafari Farg‘ona, 10 nafari Xorazm, 19 nafari esa Toshkent viloyatida, shuningdek, 64 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi. Eslatib o‘tish mumkin, 30 noyabr kuni 154 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|