12:13 Koronavirus: Kecha kunlik “rekord” yangilandi | |
Kecha, 23-noyabr kuni 98 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ro‘yxatga olingan bemorlarning 5 nafari Buxoro, 2 nafari Jizzax, 1 nafari Navoiy, 6 nafari Namangan, 7 nafari Samarqand, 2 nafari Farg‘ona, 1 nafari Xorazm, 8 nafari Toshkent vilyatida, 66 nafari esa Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan. Ta’kidlash mumkin, 22-noyabr kuni 96 nafar fuqaro kasallanish holati aniqlangan edi. Shuningdek, Nurmat Otabekov ayni kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni ko‘payayotganining sababi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 23-noyabr holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar soni 245 ming 665 nafarni tashkil etib, ulardan 243 ming 234 nafari (99,1 foiz) sog‘aygan, 1 637 nafari (0,6 foiz) vafot etgan. So‘nggi haftada stasionarga yotqizilgan bemorlar soni 482 nafar, davolanib chiqqanlar soni 358 nafar, karantinga olinganlar 2 ming 310 nafar va karantindan chiqarilganlar esa 1 306 nafarga yetgan bo‘lsa, hozirda koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 539 nafar bemorlar mavjud va uy sharoitida davolanayotganlar 187 nafarni tashkil etmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|