11:42 Kecha 96 kishida koronavirus aniqlandi | |
Koronavirus: kecha, 22-noyabr kuni 96 nafar fuqaroda kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 2022-yil 22-noyabr kuni ro‘yxatga olingan bemorlarning 6 nafari Buxoro, 12 nafari Namangan, 4 nafari Samarqand, 1 nafari Xorazm, 16 nafari Toshkent viloyatida, shuningdek, 57 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan. Qayd etish mumkin, bu so‘nggi vaqtlardagi kunlik eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|