18:09 Boshqa viruslarga o‘xshamaydi: koronavirusning g‘alati xususiyati aniqlandi | |
Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari e’tiborini SARS-CoV-2 koronavirusini bosh viruslardan farqlab turuvchi bir jihat tortdi. «Izvestiya» yozishicha, jonli organizmlarning mazkur virusga bardoshi sinab ko‘rilganida koronavirus aynan inson hujayralariga eng oson moslashishi aniqlangan.
Mutaxassislar SARS-CoV-2 organizmga ACE2 reseptori orqali kirishi va oqsillar yordamida hujayralar bilan birikishini kuzatishdi. Birikishning eng mustahkami aynan odam hujayralari bilan bo‘ldi. Taqqoslash uchun: ko‘rshapalaklarda aniqlangan shtamm o‘z egasi organizmi muhitiga bunchalik moslashuvchan emas. «Ilgari inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus (SARS-CoV-2) inson reseptorlari bilan o‘ta yuqori darajada bog‘lana olishi bizni ajablantirmoqda», — dedi Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski. Koronavirus inson tanasiga shunchalik yaxshi moslashdiki, endi u aloqani ushlash uchun mutatsiyalanishgayam ehtiyoj sezmayapti, ta’kidlaydi professor.
Manba: "xabar.uz"
| |
|