13:41 Koronavirus faqat yaqin masofadan yuqmasligi aniqlandi | |
Koronavirus faqat yaqin aloqada bo‘lganda emas, balki 1,8 metr masofadan ham yuqishi mumkin. Bu haqda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lum qilgan.
Xabar mualliflari bunday holat yopiq, shamollatish darajasi past bo‘lgan xonalarda kuzatilishi mumkinligini aytishgan. Shuningdek, qo‘shiq aytayotganda yoki sport bilan shug‘ullanayotganda ham yuqoridagi holat kuzatilishi mumkin ekanligi ta’kidlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinganlar tomonidan ma’lum miqdordagi zarrachalar bitta joyga yig‘ilib qoladi. O‘sha zarrachalar boshqa odamning ham kasallikka chalinishiga sabab bo‘ladi. Uning uchun zarrachalarning yaqinida bo‘lish shart emas, 1,8 metr masofa ham virus yuqtirib olishga yetarli bo‘ladi. Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 35 million 415 mingdan oshgan. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|