22:18 Rekord yangilandi: “Despacito” ortda qoldi | |
"Baby Shark" bolalar qo‘shig‘iga ishlangan klip “YouTube”da eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylandi, deya xabar bermoqda “The Guardian”. Ta’kidlanishicha, 7 milliarddan oshiq ko‘rilgan klip Luis Fonsining “Despacito” xitini ortda qoldirgan. Yosh qo‘shiqchi Xoup Segoyn tomonidan ijro etilgan "Baby Shark" qo‘shig‘i Janubiy Koreyaning “Pinkfong” ta’lim loyihasi doirasida yozilgan. “YouTube”ga esa 2016 yil iyun oyida joylashtirilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|