20:04 Qashqadaryoda deputat o‘quvchini ayovsiz do‘pposlagani aytilmoqda | |
Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ masʼullari tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Maʼlum bo‘lishicha, 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 03:00larda Qamashi tumani Qamay mahallasida yashovchi N.P. voyaga yetmagan fuqaro Q.E.ni urib tan jarohati yetkazgan. Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Qamashi tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Taʼkidlash joizki, na viloyat XTB, na IIB bolani kaltaklagan fuqaro deputat ekaniga aniqlik kiritmagan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|