13:05 Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltakladi | |
Namanganda maktab o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 13-oktyabr kuni soat 16:10 larda Davlatobod tumani XTBga qarashli 58-sonli maktabda yuz bergan. Geografiya fani o‘qituvchisi E.M. o‘zi rahbarlik qilayotgan ushbu maktabning 5-“V” sinfiga kirib, 2011-yilda tug‘ilgan X.M.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng o‘quvchini qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|