14:14 Namanganda 16 yashar bolani 27 500 voltli tok urdi | |
Hodisa Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan o‘tgan “To‘raqo‘rg‘on-Rog‘uston” temir yo‘l bekatlarining 81-kilometri 1-piketida soat 19:05 larda yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan bola temir yo‘l izining yonida joylashgan yuqori kuchlanishli simyog‘ochga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lganda 27 500 voltli tok urgan. Bola olgan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemor jonlantirish bo‘limiga olib kelingan vaqtida shok holatida bo‘lgan. Ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng shok holatidan chiqarilgan. Hozirda bemor holati stabil va rejali muolaja olyapti. Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha jabrlanuvchi o‘qiydigan maktabda tushuntirish o‘tkazilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|