20:40 3 fevral kuni O'zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda? | |
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni poytaxtda havo o'zgarib turadi, kechqurun qor yog'adi, kunning birinchi yarmida qor yog'ib o'tishi mumkin. G'arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo'ladi. Xorazm viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo'ladi. Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, cho'l hududlari bo'ylab kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo'ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, kechqurun qor yog'adi, kunning birinchi yarmida qor yog'ishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo'ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo'ladi. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo o'zgarib turadi, kechqurun qor yog'adi, kunning birinchi yarmida qor yog'ishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlari. Havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog'adi. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo'ladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|