17:19 5 noyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? | |
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|