23:18 6 aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi | |
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 aprel kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-7, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland xududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|