Главная » 2017 » Апрель » 5 » 6 aprel kuni Toshkentda qor yog‘adimi?
21:16

6 aprel kuni Toshkentda qor yog‘adimi?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 6 aprel kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qor yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +12... +14, kechasi esa -1... +1 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo o‘zgarib turadi. Harorat +10... +15, kechasi esa 0...+5 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +10... +15, kechasi esa -2... +3 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +10... +15, kechasi -3... +2 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +12... +17, kechasi -2... +3 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +10... +15, kechasi +1... +6 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz