20:22 Meteorologlar O‘zbekistonda qachon qor yog‘ib, sovuq tushishini aytishdi | |
Ushbu hafta oxirida O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida qor yog‘ib, sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Gidrometeorologiya Markazi xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda keskin sovuq tushishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. 17-19 noyabr kunlari havo harorati tunda —2…-7 darajagacha sovib, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona vodiysida ob-havo iliqroq bo‘ladi. 16-18 noyabr kunlari tunda +3…+8 va kunduzi +12…+17 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 19 noyabr kuni havo harorati +5…+10 darajani tashkil qiladi, havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19noyabr kuni havo harorati tunda 0…-5, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|