09:59 O‘zbekistonda "Jeyms Bond" filmi qachon suratga olinadi? | |
Dunyodagi eng mashhur kinofranshizaning navbatdagi filmi “Djeyms Bond 25” suratga olinishiga oid rejalarini e’lon qildi. Unda aktyorlar tarkibi va sinopsis bilan birgalikda film qaerlarda suratga olinishi haqida ham ma’lumotlar bor. Unga ko‘ra Yamayka, Norvegiya, Italiya va Buyuk Britaniya bo‘lajak filmga lokatsiyalar sifatida tanlab olingan. Shu kungacha Bond haqidagi kinoasarlar Avstriya, Shveysariya, Turkiya, Bahama orollari, Hindiston, Islandiya, Tailand kabi tabiati yoki/va me’morchiligi jihatdan jozibali mamlakatlarda hikoya qilingan.Bu davlatlar ichida Xo‘sh, O‘zbekistonshaharlari qachon Bond kabi filmlar uchun lokatsiya sifatida tanlab olinadi? Keling, bu savolga javob berishdan avval quyidagi uchta savolga javob topaylik. 1. Bond kabi filmlarning bizda olinishidan nima naf? “Travel Sompetitive Intelligence” marketing tadqiqotlariga ko‘ra dunyo bo‘ylab “Garri Potter” filmlarida namoyish etilgan maskanlarga keladigan sayyohlar soni, ushbu kinoasar dunyo tomoshabinlari etiboriga havola etilgach, o‘rtacha Endi, o‘zingiz tasavvur qiling, dunyoning turli nuqtalaridagi tomoshabinlar “Djeyms Bond”, “Bajarib bo‘lmas topshiriq” yoki “Forsaj” kabi davomli hikoyalarga ega franshiza filmlaridan birini tomosha qilayapti, u yerda esa “Samarkand, Uzbekistan” degan titr bilan Registon maydoni yoki boshqa obidalar chiqib kelsa... Albatta, bu turistlar oqimini keskin oshirishgahamda mamlakatbrendini rivojlantirishgao‘z hissasini qo‘shmay qo‘ymaydi. Boshqa tomondan chet el kinokompaniyalari O‘zbekistonga film olish uchun kelishi ular mahalliy kinosanoat vakillari, mutaxassislar va tadbirkorlar xizmatidan foydalanadi degani. Iqtisodiyotning barcha sektorlariga hissa qo‘shilishi nuqtai nazardan xorijiy kinolarning bizda olinishinibir qancha millionlik valyutadagi to‘g‘ridan-to‘g‘riinvestisiyaga tenglashtirish mumkin. Gollivud yoki Yevropa kinokompaniyalari O‘zbekiston hududida film yaratishi mahalliy kinoindustriya uchun katta maktab bo‘ladi. Sohaga yangi tendensiyalar kirib kelib, standartlar yuqorilashiga turtki bo‘ladi. 2. O‘zbekiston bunday filmlarga lokatsiya bo‘lish uchun qanchalik munosib nomzod? Geografik joylashuvi tufayli O‘zbekiston boy va xilma-xil tabiatga ega. Tarixiy shaharlarimiz, me’moriy obidarimizu qadimiy sivilizatsiya qoldiklari turli kinovoqealarga mezbon bo‘lishga loyiq. Ayniqsa, ular o‘tgan yillar davomida katta filmlarda aks etmagan, ta’biri joiz bo‘lsa, ular yirik prodakshn kompaniyalari uchun “yashiringan javohir” kabidir. Kinoprodyuserlar biznesmen sifatida iloji boricha chiqish kam, kirim esa ko‘p bo‘lsin deydi. Chiqimlar kamligi, mahalliy narxlarning yuqori emasligi O‘zbekistonni yanada maftunkor qiladi. Yil davomida quyoshli kunlarning ko‘pligi, kunlarning esa uzunligi tabiatda suratga olish uchun ideal shart-sharoit hisoblanadi. Axir, yomg‘ir yog‘ib qolishi yoki quyosh erta botgani uchun yorug‘lik yo‘qolib qolishi kinochilarga oz-munchaga tushmaydi. Xullas, O‘zbekiston kino olish uchun manzil sifatida chakana variant emas. Shunchaki uni munosib taqdim qilish, infrastrukturani paralell ravishda asta-sekin yaxshilash va kinoturizm yo‘nalishini kompleks ravishda keng qo‘llab-quvvatlab, xalqaro miqyosda tadbiq etilayotgan imtiyozlarni joriy etish hamda suratga olish bilan bog‘liq ko‘plab cheklovlarni keskin qisqartirish eng dolzarb muammolardan biridir. Balki shuning uchun ham o‘tgan yillar mobaynida Jeyms Bondning “tishi” O‘zbekistonga o‘tmagandir?! 3. O‘zbekistonni dunyo kinoijodkorlari orasida qanday targ‘ib qilish mumkin/kerak? Albatta, kinoturizmni rivojlantirish uchun eng avvalo shu soha bo‘yicha strategiya va tizim ishlab chiqilishi kerak. Dunyo bo‘yicha xorij kinoijodkorlarini biror mamlakatga jalb qilish bo‘yicha kinokomissiyalar shug‘ullanadi. O‘tgan yili mamlakat rahbarining maxsus qaroriga muvofiq Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda shunday kinokomissiya tashkil topdi. Shu kunlarda esa dunyo kinosanoati uchun eng yirik voqelik Xalqaro 72-Kann festivalidoirasida “O‘zbekiston Milliy pavilioni”ni tashkil qilish ishlariga taraddud ko‘rilmoqda. Kann festivali nafaqat kinosan’ati durdonalarini namoyish etish uchun, balki (aslida ko‘proq ham)kino industriyasi ishtirokchilari uchun B2B muzokaralar maydonchasidir. Mazkur O‘zbekiston pavilonida mamlakat kinoturizmining imkoniyatlarini dunyo miqyosida munosib namoyon etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidanyuqori sifatli turli reklama mahsulotlar tayyorlangan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|