20:26 Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi? | |
«O‘zgidromet» dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida ma’lumot berdi.
Dam olish bayram kunlarida O‘zbekiston hududi markazi shimoliy Ural hududi ustida joylashgan sovuq antisiklon chegarasi ta’sirida bo‘ladi. Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 7 martga o‘tar kechasi mamlakatimizning markaziy, janubiy va sharqiy hududlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tungi harorat 0 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi havoning nisbatan sovuq bo‘lishi, salqin sharqiy shamol esishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik haroratdan sal pastdir.
Manba: "xabar.uz"
| |
|