Главная » 2018»Июнь»8 » O‘zbekistonda havo harorati 40 darajadan oshadi
08:39
O‘zbekistonda havo harorati 40 darajadan oshadi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ertaga, 7 iyun kuni Respublikada quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkentda havo harorati kechasi +20...+22, kunduzi +36...+38 daraja bo‘ladi. 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Havo ochiq bo‘ladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo kechasi +22...+27, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s tezlikdan 15-20 m/s tezlikka yetishi kutiladi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +22...+27, kunduzi +38...+43 daraja bo‘lib, 7-12 m/s tezlikda shamol esib turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati kechasi +20...+25, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin.