Главная » 2017»Июнь»9 » 9 iyun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing
08:21
9 iyun ob-havo ma’lumoti bilan tanishing
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 9 iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +33... +35, kechasi esa +15... +17 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo o‘zgarib turadi. Harorat +30... +35, kechasi esa +14... +19 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +32... +37, kechasi esa +15... +20 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +33... +38, kechasi +15... +20 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +33... +38, kechasi +14... +19 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +34... +39, kechasi +17... +22 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.