13:00 A Seriyada TOP klublarining “ketmoni uchmayapti” | |
“Yuventus”, “Inter” va “Milan” A Seriyaning 7-turidan keyin turnir jadvalida kuchli uchlikda bormayapti. A Seriyaning 7-turidan keyin turnir jadvalida “Napoli” va “Atalanta” peshqadamlik qilmoqda. Neapolliklar va Bergamoliklar 17 ochkodan jamgʻargan. Uchinchi oʻrinni “Udineze” egallab turibdi – Andrea Sottil shogirdlari hisobida 16 ochko bor. Amaldagi chempion “Milan” “Napoli”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kuchli uchlikni tark etdi va 14 ochko bilan 5-oʻrinda bormoqda. Udinezedagi 1:3 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng “Inter” 12 ochko bilan 7-oʻrinda, “Monsa”ga (0:1) yutqazgan “Yuventus” 10 ochko bilan 8-oʻrinda bormoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|