Главная » 2021 » Январь » 7 » Fuqarolik olish deyarli imkonsiz bo‘lgan top-8 davlatlar ro‘yxati
13:05

Fuqarolik olish deyarli imkonsiz bo‘lgan top-8 davlatlar ro‘yxati


Agar siz fuqaroligingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, dunyoda bunday imkoniyatni beradigan mamlakatlar juda ko‘p. Ammo quyida keltirilgan davlatlar fuqaroligi olish tavsiya etilmaydi. Chunki ulardan fuqarolik olish o‘ta mushkul va qiyin jarayon. 

Ba’zi mamlakatlar o‘zining sport musobaqalaridagi darajasini ko‘tarish maqsadidagina ko‘zga ko‘ringan sportchilarga mamlakat bayrog‘i ostida ishtirok etish uchungina fuqaroligini berishi mumkin.

Quyida sizga fuqaroligini olish deyarli imkonsiz bo‘lgan sakkiz davlat haqida aytib o‘tamiz.

1. Vatikan

Sayyoradagi eng qattiq migratsiya siyosatidagi davlat. U yerda 800 nafarga yaqin kishi yashaydi. Ulardan faqat 450 nafarga yaqini mamlakat fuqaroligini olishga musharraf bo‘lgan xolos.
Agar siz mahalliy kardinal, Muqaddas Taxt diplomati, Vatikan rasmiysi yoki katolik cherkovi xodimi bo‘lsangiz, vatikanlik bo‘lishingiz mumkin.

2. Lixtenshteyn

Mahalliy yashovchilari taxminan 40 ming kishi bo‘lgan bu kichkina mamlakat fuqarosi bo‘lish uchun hozirgi fuqaroligingizdan voz kechish, 30 yil kutasiz va shu vaqt davomida Lixtenshteynda yashab turishingiz kerak bo‘ladi. Bu vaqt ichida siz mamlakat fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘lmasligingiz ham mumkin. Lixtenshteynlik bo‘lishning yana bir usuli – mahalliy fuqaro bilan turmush qurish. Bu holda kutish muddati 5 yilgacha qisqaradi.

3. Butan

Butan dunyodagi eng yakkalangan davlatlardan biri.

Mamlakat 1974 yilgacha turizm uchun yopiq bo‘lgan edi. Mamlakatga sayohatni faol ravishda tartibga solishni hamda nazorat qilishni davom ettirdi, shuning uchun immigratsiya jarayoni oson emasligini tasavvur qilishingiz mumkin.

Agar sizning ota-onangiz Butan fuqarosi bo‘lsa, siz Butanda 15 yil yashaganingizdan keyin fuqarolikka qabul qilinishingiz mumkin. 15 yillik talab davlat xizmatchilariga ham tegishli.

Kimning ota-onasi Butan fuqaroligida bo‘lmasa yoki davlat xizmatchisi lavozimida ishlamasa, mamlakatda 20 yil yashagandan so‘ng fuqarolik so‘rab murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Siz talablarga javob beradigan darajada bo‘lsangiz ham, Butan sizni biron bir sabab yoki sababsiz rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4. Qatar

Agar otangiz qatarlik bo‘lmasa, demak, siz qatarlik bo‘la olmaysiz. Bu holatda ona fuqaroligi hisobga olinmaydi.

Qatar rezidenti bo‘lish uchun mamlakatda kamida 25 yil yashab, uni 2 oydan ortiq tark etmasdan yashashingiz kerak bo‘ladi. Hatto, shundan so‘ng ham ijobiy natijaga umid qilmasdan ariza topshirishingiz mumkin.

Har yili bu davlat 50 nafardan ortiq bo‘lmagan chet elliklarni fuqarolikka qabul qiladi.

5. Birlashgan Arab Amirliklari

Fuqarolikka murojaat qilish imkoniyatini olish uchun Amirlikda kamida 30 yil yashagan bo‘lish kerak.

Ummon, Bahrayn yoki Qatar davlatlari fuqarosi ariza bergunga qadar 3 yil yashashi kifoya. Boshqa arablar uchun bu yerda 7 yil yashash talab qilinadi.

Chet ellik bilan turmush qurgan Amirlikdagi ayolning farzandlariga ham fuqarolik berilmaydi.

6. Quvayt

Ushbu mamlakat fuqaroligiga da’vogar bo‘lgan kishi Quvaytda 20 yil yashagan musulmon yoki musulmonchilikni qabul qilib olgan bo‘lishi lozim. Arablar uchun bu muddat 15 yilgacha qisqartirilgan. Da’vogar shuningdek, arab tilida ravon so‘zlay olishi kerak.

7. Shveysariya

Shveysariyaning 2018 yildagi yangi qonunida chet el fuqarosi mamlakatda 10 yil yashagandan keyingina shveysariyalik bo‘lishga urinishi mumkinligi aytilgan.

Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi fuqarolari, kanadaliklar va amerikaliklarga mamlakatda 5 yillik yashash muddatidan so‘ng beriladigan ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak. Qolganlardan esa 10 yil talab qilinadi.

8. Xitoy

Bu davlatda chet elliklarni fuqarolikka qabul qilish ehtiyoji yo‘q. Negaki, aholisi qariyb 1,4 milliard bo‘lgan davlat o‘z fuqarolarini resurs bilan ta’minlashda doimiy muammoga duch keladi. 

Bu Xitoy fuqarosi bo‘lishda yengib bo‘lmaydigan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi hamda bu qiyinchiliklarni yengib o‘tish siz uchun unchalik oson kechmaydi. Yagona oqilona imkoniyat – u yerdagi fuqaroligi bo‘lgan qarindoshingiz bo‘lishi mumkin xolos.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: imkonsiz, fuqarolik, davlatlar, top | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz