13:03 Agar velosipedda ishga qatnasangiz, yoningizda 3 xil hujjat bo‘lishi kerak – IIV | |
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o'tkazildi. Brifingda quyidagi muhim ma’lumotlar berildi: "Agar siz velosipeddan foydalanib ishga qatnayotgan bo‘lsangiz, yoningizda uch xil hujjat olib yurishingiz kerak:
Boshqa maqsadlarda velosipeddan yoki skuterlardan foydalanish karantin qoidasini buzish hisoblanadi. Respublika maxsus komissiyasining 13 apreldagi 18 bayonida ko‘rsatilganidek, agar ko‘chada piyodalar bemaqsad yurganlari aniqlansa, niqob taqqan yoki taqmaganlaridan qat’iy nazar, OGOHLANTIRIShSIZ, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Savdo do‘konlari va dorixonalarda fuqarolarni ijtimoiy masofa, ya’ni 2 metr masofada bo‘lishlari ta’minlanishi shart! Agar bunga rioya etilmasa, do‘kon egalari va xaridorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi", dedi IIV vakili.
Manba: "sof.uz"
| |
|