Главная » 2017 » Август » 19 » Ahmadboy va uning sheriklari ustidan o‘tkazilgan sud majlisi
12:38

Ahmadboy va uning sheriklari ustidan o‘tkazilgan sud majlisi


Avvalroq, xalq orasida “Ahmadboy” ismi bilan tanilgan Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari ishi ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar bergan edik.

16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisi guvohlar ishtirokida o‘tdi. Ahmadjon Tursunboyevga tegishli “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” korxonalariga murojjat qilgan fuqarolarnng ko‘rsatmalari eshitildi.

Guvohlarning aytishicha, Ahmadboy va uning sheriklari aholidan hech qanday kafolat bermagan holda kamida 100 foizlik ustama haq qaytarish sharti bilan milliy va xorijiy valyutada pullarni qabul qilgan. Ikki tomon ham o‘zaro oddiy ahdlashuv bitimini tuzgan, ya’ni biror hodisa yuz bergan taqdirda Ahmadjon Tursunboyevning yaqinlaridan pul talab qilmaslik qayd etilgan.

Sud majlisida ishtirok etgan guvohlarning ko‘rsatmalari:

Erkin G‘aniev: 2016 yil 16 yanvar kuni o‘zimning shaxsiy avtomobilimni bozorga olib chiqib sotib, undan olgan 6000 AQSh dollarini Ahmadboyga topshirganman. 4 oyligini olganman.

Shuhrat Sharipov: Olmazor tumanida joylashgan ofislariga 6000 AQSh dollari olib borib berganman. Shu paytgacha hech qancha pul qaytib olmaganman. Izzat ismli bolaga topshirganman.

Muhabbat Haydarova: 10 oyda 15100 dollar qilib qaytarib beramiz deyishgandi. O‘g‘limga uy qurmoqchi edik. O‘g‘lim bilan turmush o‘rtog‘im Rossiyada ishlab kelishgandi, yana uydagi mollarni sotib, pulini olib borib bergan edik.

Ahmadjon Tursunboyev aholidan noqonuniy ravishda hech qanday kafolatsiz katta miqdorda pul, qimmatbaho buyumlar, avtomobillar olgan. Shuningdek, 2 ta qilib berishga va’da berib, qoramol ham olgan. U foiz evaziga aholiga qarz ham bergan. U besh yil davomida jinoiy faoliyatini olib borgan. Tergov vaqtida Tursunboyev va uning sheriklari xonadonidan milliy valyutadan tashqari, 12 milliondan ortiq AQSh dollari topilgan.

Ayni kunlarda sud jarayonlari davom etmoqda. Kuzatishda davom etamiz.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sud majlisi, Ahmadjon Tursunboyev, ahmadboy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz