Главная » 2017 » Август » 10 » Ahmadboy Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblanmoqda
20:03

Ahmadboy Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblanmoqda


9 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Ahmadjon Tursunboyev (Ahmadboy) hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UZ24xabar bermoqda.

Sud majlisida Tursunboyev tashkil etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 11 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi.

Ahmadjon Tursunboyev Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblanmoqda: 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari.

Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari 2016 yilning iyul oyida Chinoz tumanida qo‘lga olingan edi. U odamlardan yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, juda katta omonat mablag‘larni milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, u foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga xorijiy valyutada qarz berib kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Tursunboyev Ahmadjon va uning yaqin qarindoshlarining uy-joylari va ularga qarashli korxonalarda aytib o‘tilgan tartibda o‘zlashtirilgan 13 mlrd 139 mln so‘m va 7 mln 900 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ mavjudligi aniqlandi va bu pullar qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida olindi. Garajida Cadillac Escalade, BMW, Lexus kabi qimmatbaho avtomashinalarini saqlagani aniqlandi.

Sud jarayonidan to‘liq reportajni tez orada UZ24da o‘qishingiz mumkin.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘yicha, to‘rt modda, ayblanmoqda, Jinoyat kodeksi, ahmadboy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz