18:21 Yaqin olti oy ichida inson miyasini chiplashtirish bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi | |
Texnologik milliarder Ilon Mask uning Neuralink kompaniyasi yaqin olti oy ichida inson miyasiga miya chipini joylashtirish bo‘yicha klinik sinovlarni boshlashini ma’lum qildi. Rivojlanayotgan zamonaviy texnologiya nogironligi bo‘lgan bemorlarning harakatlanishi va yana osongina muloqot qilishiga yordam beradi. Mask, shuningdek, bu qisman ko‘zi ojiz odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam berishini aytdi. Neuralink shtab-kvartirasida qariyb uch soat davom etgan taqdimotda olomon oldida nutq so‘zlagan Mask kompaniyaning qurilmani yaratish tezligini ta’kidladi. "Neuralink qurilmasi maqsad qilgan insonning dastlabki ikkita kasalligi ko‘rish qobiliyatini tiklash va harakatlana olmaydigan odamlarda mushaklarning harakatlanishiga imkon beradi",- dedi Mask. Neuralink'ning bir yil avval ommaga taqdim etgan so‘nggi taqdimotida miya chipi bo‘lgan maymun yolg‘iz o‘ylagan holda kompyuter o‘yinini o‘ynagan. Mask miyaga murakkab elektron qurilmalarni boshqarish imkonini beradigan va oxir-oqibat falaj bo‘lgan odamlarning motor funktsiyasini tiklashga va parkinson, demans va altsgeymer kabi miya kasalliklarini davolashga imkon beradigan chip ishlab chiqmoqchi. Shuningdek, u miyani sun’iy intellekt bilan birlashtirish haqida gapirdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|