18:29 FVV Buxoroda bino qulab tushgani aytilgan xabar bo‘yicha munosabat bildirdi | |
Ma’lumotga ko‘ra, 27-dekabr kuni Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bo‘lgan 3 dona beton plita qulab tushgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Qurilish vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, Buxoro shahar Bahouddin Naqshband ko‘chasi yoqasidagi birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, yuqori qavatlari esa turar-joy binosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan obyektda qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan. Texnik nazoratchining obyekt qurilishi davomida o‘ziga yuklatilgan nazorat ishlarini vaqtida amalga oshirmaganligi, loyiha nazoratchisi tomonidan belgilangan kalendar reja-jadval asosida nazorat tadbirlarini olib borilmaganligi hamda belgilangan mustahkamlikka ega bo‘lmagan to‘sin (rigelga) ortiqcha yuklanishni berilishi sababli rama konstruksiyaning to‘sin (rigel) qismida buzilish yuzaga kelgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|