12:45 Buxoroda qurilishi tugallanmagan bino qulab tushdi | |
Qayd etilishicha, kecha soat 16:03larda Buxoro shahar Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini, T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan 3 qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi oqibatida binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan. Ushbu bino “Kogon Quruvchi montaj” MChJga qarashli ekanligi aniqlangan. Ushbu bino qulashi oqibatida jarohatlangan fuqaro viloyat FVB Yong‘in-qutqaruv otryadi tomonidan qutqarilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga yotqizilgan. Maʼlum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|