19:47 Zlatan Ibragimovich mashhur filmda suratga tushdi | |
40 yoshli Ibragimovich filmda legioner Oneofus rolini o‘ynagan. “Asteriks va Obeliks” haqidagi yangi filmda Xitoy imperatorining yolg‘iz qizi haqida hikoya qilinadi. Malika yovuz shahzodadan yashirinib, Galliyadan panoh topadi. U Galliyada Asteriks va Obeliksdan yordam so‘raydi. Filmning suratga olish ishlari 2021 yilning aprel oyida boshlangan. Qayd etish kerakki, Ibragimovich “Asteriks va Obeliks”ning sarguzashtlari haqidagi filmda rol ijro qilgan birinchi taniqli sportchi emas. Bundan oldin ushbu kinoda Mixael Shumaxer, Ameli Moresmo, Toni Parker va Zinedin Zidan kabi mashhur yulduzlar ham ko‘rinish bergan. Maʼlumot uchun, may oyi oxirida “Milan”ning 40 yoshli hujumchisi tizzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan edi. Shu sababli Zlatan Ibragimovich yana kamida 3-4 oyni maydondan tashqarida o‘tkazib yuboradi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|