17:50 “Bavariya”ning “Barselona” ustidan qozonilgan g‘alabasi qimmatga tushdi | |
Myunxenliklar mudofaasi vakillari jarohat olgan. “Bavariya” himoyachisi Luka Ernandes jarohati sabab bir oydan ko‘proq vaqtni o‘tkazib yuboradi. Futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Barselona”ga qarshi uchrashuvda (2:0) jarohat olgan edi. Myunxen klubining xabar berishicha, tekshiruv frantsiyalik futbolchining qo'shimcha mushak jarohatini aniqlagan. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, u taxminan besh haftani o‘tkazib yuboradi. Shu tariqa Ernandes Frantsiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Dide Desham shogirdlari 22-sentabr kuni Avstriya, 25-sentabr kuni esa Daniya bilan o‘ynaydi. “Bavariya” ushbu o‘yinda jarohat olgan Dayo Upamekano va Benjamin Pavardning holati haqida ham xabar berdi. Himoyachilarning jarohatlari jiddiy emas edi, ular yaqin kunlarda mashg‘ulotlarga qaytishadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|