13:38 Ajib taom - bolgarcha pishirilgan qo‘y go‘shti | |
Zarur masalliqlar (6 kishilik): 1 kg. qo‘y go‘shti (yog‘li bo‘lsin), 3 bosh piyoz, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 2 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, qora murch, lavr yaprog‘i, ko‘k piyoz, petrushka, maydalangan qizil murch, tuz. Tayyorlanishi: 1. Qo‘y go‘shtini o‘rtacha kattalikda bo‘laklab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovuring. 2. Piyozni mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab, qovurilayotgan go‘shtga qo‘shing. Tuz sepib, yana 5 daqiqa qovurishda davom eting. 3. Qovurmaga un solib, aralashtiring. Maydalangan qizil murch seping. Keyin go‘sht botadigan miqdorda qaynoq suv soling. Lavr yaprog‘i solib, 1 soatcha past olovda dimlang. Go‘sht mayin va yumshoq pishishi kerak. 6. Qora murch donalari, tomat, maydalab to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va sarimsoq piyozni solib, yana 15 daqiqa dimlang. Ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting. Tayyorlanish vaqti: 2 soat
Manba: "darakchi.uz"
| |
|