17:44 Go‘shtdan rulet - Tvorog bilan yanada mazali! | |
Zarur masalliqlar (4 kishilik): qiymasiga: 500 gr. go‘sht qiymasi, 1 bosh piyoz, 2 bo‘lak sarimsoq piyoz, 5 osh qoshiq non talqoni, 2 osh qoshiq ketchup, o‘simlik yog‘i, tuz, qora murch. Ichiga solishga: 300 gr. tvorog, 2 osh qoshiq smetana, qizil bulg‘or qalampiri (qovurilgan yoki «lecho»dagisi), 1 bog‘ rayhon, kinza va peshtrushka, tuz. Tayyorlanishi: 1. Piyoz va sarimsoq piyozni maydalab to‘g‘rab, go‘sht qiymasiga qo‘shing. Tuxum, non talqoni va ketchupni ham soling (1- rasm). Tuz, murch sepib, aralashtiring. 2. Qiymani qalinroq sellofan ustiga solib, 7 mm. qalinlikda to‘rtburchak shaklda yoying (2-rasm). 3. Maydalangan ko‘katlar va smetanani tvorog bilan aralashtiring. Keyin yoyilgan qiyma ustidan soling. Ustidan bulg‘or qalampiri bo‘laklarini qo‘yib chiqing (3-rasm). 4. Sellofan yordamida go‘sht qiymasini rulet shaklida o‘rang (4-rasm).Yog‘langan qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|