17:07 Noodatiy reseptlar | |
1. Pomidor va kotlet Pishgan kotletlarni ikkiga ajratilgan pomidor ichiga joylab, ustidan mayonez va pishloq qo‘ying. Pomidorning ikkinchi bo‘lagini yopib, tish kovlagich bilan mustahkamlaysiz. 2. Konvertli somsa Qatlama xamirdan suratdagi kabi kesma yasab, ichiga qiyma va pishloq bo‘lagini qo‘ying-da, tuging. 3. Pishloqli gazak Uchburchak shaklda kesilgan pishloqni pomidor va ko‘katlar bilan bezating. So‘ng uzunchoq pechene bilan birlashtirsangiz kifoya. 4. Sosiskali mini pissa Dumaloq shaklda yoyilgan xamir ichiga qaynatilgan sosiskani joylab, suratdagi kabi tuging. So‘ng ustidan kesib chiqing. Ichini pomidor, mayonez va pishloq bilan to‘ldirasiz. 5. Shunaqasi ham bo‘ladi Uvalanuvchi xamirni konussimon qolipda pishirib oling. Korj ichiga kolbasa, pomidor, mayonez va pishloq solib, 10 daqiqa gaz pechiga qo‘yasiz. 6. Qovurilgan olma Paraklangan olmani xalqa shaklida kesib olib, un va dolchin aralashmasiga botiring. Qizdirilgan yoјda qovurib, yuzasiga shakar seping. 7. Piyozli garnir Bir bosh piyozni suratdagi kabi kesing. Unga botirib, o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Kotlet va teftellar uchun qarsildoq garnir bo‘ladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|