12:01 Alisher Shodmonov koronavirusdan oson qutulish yo‘lini aytdi | |
Koronavirus infeksiyasidan tezda davolanishning oson yo‘li sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman hokimligida qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari shifokorlari, mahalla faollari va aholi vakillari bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi. Uchrashuv davomida vazir sog‘lom turmush tarzining foydali jihatlari haqida gapirdi.
Qayd etilishicha, sog‘lom turmush tarzining asosi — jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishdir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson kuniga 5-7 kilometr yursa, qon tomir kasalliklari, yurak xuruji, insult kabi hastaliklardan butunlay yiroq bo‘ladi. Ortiqcha vazn esa, kasalliklar uyasidir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 62 ming 175 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|