2020 yil 26 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 76 751 (+85) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
2 nafari Jizzax viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
11 nafari Toshkent viloyatida,
61 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 613 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
Andijon viloyatida 1 nafar,
Jizzax viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 4 nafar,
Toshkent viloyatida 29 nafar,
Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 74291 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1847 nafar bemordan 168 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.