09:15 Andijonda o‘g‘lini urib, tilanchilikka majburlagan ayol onalikdan mahrum qilinishi mumkin | |
Andijon viloyatida ona voyaga yetmagan 7 yoshli o‘g‘lini urib, sadqa so‘rashga majburlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, voyaga yetmagan Qudratillo Toshpo‘latovning (2014 y.t.) manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga «Onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida» da’vo arizasi kiritilgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|