16:55 Andijonda yosh ona tug‘ruqxonada o‘z joniga qasd qildi | |
7 iyun kuni soat 01:15 lar atrofida Jalaquduq tumani Guliston MFYda yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan A. O. Andijon viloyat perinatal markazi binosi yerto‘lasiga kirish qismida sirtmoqqa o‘zini osib, hayotiga qasd qilgan, deya xabar qildi «Gazeta.uz» Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib. Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, marhuma 2019 yilda A. B. bilan turmush qurgan, og‘ir, bosiq, kamgap xarakterli, oila a’zolari bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan. 2 iyun kuni soat 18:40 da «xomiladorlik I, tug‘ruq I, 39-hafta, og‘ir preklampsiya — homilaning dumba bilan kelishi» tashxisi bilan perinatal markazning 2-akusherlik tug‘ruq bo‘limiga qabul qilingan. Shu kuni soat 20:25 da ayol kesar kesish tashxisi yo‘li bilan o‘g‘il jinsli 3005 gramm vaznda tirik chaqaloqni dunyoga keltirgan. Ayol tug‘ruqdan so‘ng 1 sutka davomida markazning jonlantirish bo‘limining intensiv palatasida saqlangan va 3 iyun kuni 2-akusherlikning chilla bo‘limiga ko‘chirilgan. Qayd etilishicha, tug‘ruqxonada shifokorlar tomonidan unga nisbatan shafqatsiz yoki qadr-qimmatini kamsituvchi holatlar sodir etilgani aniqlanmagan. Biroq oxirgi vaqtlarda uning ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatilgani, palatadagi bemorlar uni ko‘p vaqt davomida bir nuqtaga tikilib qolishi, tunda turib, narsalarini yoyvolib, qarab o‘tirganligini ko‘rishgan. 7 iyun kuni esa yuvinib, taranib, kiyimlarini almashtirgan va o‘z joniga qasd qilgan. Holat yuzasidan A. O.ning turmush o‘rtog‘i, otasi, onasi, qaynonasi va boshqalardan tushuntirish xatlari olingan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, komission sud-tibbiy ekspertizalari tayinlandi. Ish bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan holatlarni aniqlashtirish yuzasidan Andijon shahar IIO FMBga alohida topshiriq yuborildi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Manba: "hordiq.uz"
| |
|