17:09 Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi | |
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, shu yilning 4 may kuni soat 15.00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda. Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi.
Manba: "sof.uz"
| |
|