19:45 Andijonda bog‘cha mudirasi o‘zini o‘ldirdi | |
4 may kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 11-bog‘cha mudirasi uyida o‘z joniga qasd qilgan, tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar yordamiga qaramay, 16 mayda vafot etgan. Bu haqda Zed News telegram kanali xabar berdi. Maktabgacha ta’lim vazirligining Ishchi guruhi bu holatni o‘rganib chiqqan. Aniqlanishicha, mudira bu bog‘chada 2010 yildan buyon ishlayotgan edi. Baliqchi tumani prokuraturasi xulosasiga ko‘ra, marhum sog‘lig‘i va ishi bilan bog‘liq muammolar tufayli ruhiy holatida o‘zgarish bo‘lgan. Vazirlik xulosasiga ko‘ra esa Baliqchi tumani MTB rahbari S.Xonkeldiyeva o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmagani uchun MTBda nosog‘lom muhit yuzaga kelgan. Shuningdek, bog‘chada qurilish olib borgan “Milano qurilish” MCHJ rahbari rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, qalbaki hujjatlardan foydalanish orqali byudjet mablag‘larini o‘zlashtirilgan. Bu bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shu maqsadda Baliqchi tumani MTB mudiri S.Xonkeldiyeva ishdan olingan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|