11:15 Vaziyat o‘zgarmoqda: Andijonda 6 erkak kelinchakni zo‘rlamagan bo‘lishi mumkin | |
Avvalroq Andijonda 6 erkak kelinchakni zo‘rlagani iddao qilinayotgandi. Voqealar rivoji umuman boshqa tarafga o‘zgarib ketishi mumkin. Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganovning yozishicha, sudga oid biologiya va tolali materiallarni kriminalistik tekshirish, sudga oid fizika-texnikaviy ekspertiza xulosalari olingan. Yakuniy xulosalar va tergov harakatlari davomida to‘plangan inkor qilib bo‘lmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zo‘rlangani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagan.
Oradan bir qancha vaq o‘tgach, Toshkent viloyati IIBB rasmiysi Telegram kanalida yozgan postni tahrirlab, uning katta qisimini o‘chirib yubordi. Buning sabablari esa noma’lum. QALAMPIR.UZ’da postning dastlabki versiyasi skrinshoti mavjud.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|