12:02 Angliyaning quyi divizion jamoasi Xolandni 28 kunga ijaraga olmoqchi | |
Hujumchi Erling Xolandga quyi ligada oʻynaydigan “Eshton Yunayted” klubi qiziqish bildirmoqda. Angliyaning 7-divizioni jamoasi “Manchester Siti”ga norvegiyalik futbolchining ijarasi borasida soʻrov yuborganini xabar qildi. Kelishuv muddati — 28 kun. “Bu haqiqatan ham mantiqiy. “Siti” mundial vaqti oʻynamaydi va biz Erlingga jismoniy holatini saqlab turishga yordam bermoqchimiz. Bu 6 hafta golf oʻynashdan koʻra yaxshiroq. Oʻylaymanki, u jamoamizga mos tushadi”, — deb fikr bildirgan “Eshton” bosh murabbiyi Maykl Klegg. Maʼlum qilinishicha, hozircha jamoa iltimosiga javob olmagan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|