12:46 Bosh vazir kreditga kvartira olmoqchi | |
“Men ham ipoteka kreditiga kvartira sotib olmoqchiman. Hozir kvartiramni sotaman, lekin o‘zim xohlagan narxga xaridor chiqmayapti. Ashotga (o‘g‘li – tahr.) qoldirdim, u ham sota olmaydi”, deydi Armaniston Bosh vaziri matbuot anjumanida uning bir necha partiyadoshlari yangi binolardan qimmat kvartiralar sotib olgani haqidagi OAV xabarlarini izohlar ekan. Armanistonda ipoteka foizlari yiliga o‘rtacha 15%, muddati taxminan 20 yil.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|