19:24 FIFA bosh kotibi Fatma Samura Oʻzbekistonga keldi | |
Dastlab Oʻzbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar, qoʻlga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida soʻz yuritildi. Oʻz oʻrnida, FIFA Bosh kotibi Oʻzbekistonda futbolni targʻib etish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini yuksak baholadi. Uchrashuvda, shuningdek, FIFA bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Tashkilot kelgusida ham Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy taʼminot, iqtidorli yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash boʻyicha koʻmak berishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi. OʻFA rahbariyati FIFA bilan yaqin, keng koʻlamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Fatma Samura FIFA Oʻzbekiston bilan keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|