22:52 Anomal issiqlik oqibatida «Nefrit» ko‘li qurib qoldimi? | |
Ijtimoiy tarmoqlarda anomal issiqlik oqibatida Toshkent viloyatidagi «Nefrit» ko‘li qurib qolgani haqida videolar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish uchun «Zamon» informatsion dasturi muxbiri ko‘l hududiga borgan. Jurnalistga Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimi Barakabek Nurullayevning izoh berishicha, «Urung‘och» ko‘li (xalq tilida «Nefrit») aslida mavsumiy ko‘l hisoblanadi. Aprel-may oylarida suv sathi ko‘tarilishni boshlaydi va iyun oyida maksimal nuqtasiga yetadi. Ko‘l qurishining asosiy sababi yoz mavsumida muzliklar kamayib ketadi hamda ko‘ldagi suv pastki suv oqimlariga shimilib ketadi. «Urung‘och» doimiy qurib qolmaydi, suv ko‘p bo‘lgan vaqtda undagi suv yana tiklanadi. Reportaj muallifi «Nefrit» ko‘lining yuqori qismiga ko‘tarilgan va u yerda suv qurib ketmaganini tasvirga olgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|