15:01 «O‘zgidromet» dam olish kunlaridagi anomal issiqdan ogohlantirdi | |
Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. So‘nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘yicha yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30° gacha bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori bo‘lmagan. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|