Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » O‘zgidromet fuqarolarga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
18:07

O‘zgidromet fuqarolarga shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi


Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari respublikaning bir qancha hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlum qildi. 

Kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin tumani;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

“Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi Gidromet xabarida.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bilan, chiqdi, shoshilinch, fuqarolarga, ogohlantirish, O‘zgidromet | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz