17:07 Antarktida muzlari qanchalik tez erimoqda? | |
Ilmiy va amaliy tadqiqotlar davlat assotsiatsiyasining avstraliyalik olimlari Sharqiy Antarktida muzliklarining erish tezligini aniqladi. Mutaxassislarning fikricha, Denman muzligi yiliga 70,8 milliard tonna muz yo’qotmoqda. Sharqiy Antarktida Grenlandiyaga qaraganda kamroq xavf ostida deb hisoblangan, ammo bu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bu qit’ada ham xavf oshib bormoqda. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu tendentsiya dengiz sathining ilgari bashorat qilinganidan ko‘ra ko‘proq ko‘tarilishiga olib keladi. So‘nggi 25 yil ichida jahon okeanining sathi 7,5 sm ga ko‘tarilgan, taqqoslash uchun, butun XX asr davomida suv bor-yo‘g‘i 17 sm ga ko‘tarilgan, deya aniqlik kiritadi nashr. CSIRO va Britaniyaning Sautgempton universiteti hisobotida aytilishicha, okean oqimlarining yo‘nalishi o‘zgargani sababli Antarktidaning sharqiy qirg‘oqlarida suv harorati 20-asrning birinchi yarmiga nisbatan 2-3 darajaga ko‘tarilgan. Antarktida, so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, yiliga 155 milliard tonna muzni yo‘qotadi, bu esa dunyoning qolgan muzliklarining erishi bilan birga okeanlar darajasini sezilarli darajada oshiradi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|